» » Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlangan Pekindagi vaziyat—suratlarda

Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlangan Pekindagi vaziyat—suratlarda


Xitoyning Pekin shahrida qariyb ikki oy deganda yana koronavirus tarqalishi qayd etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Shahar ma’muriyati infeksiya tarqalishi xavfi o‘ta yuqori ekanligidan ogohlantirdi.

COVID-19 bilan kasallanish holati Pekindagi yirik ulgurji bozorlardan biri — “Sinfadi”da aniqlandi.

Epidemiologik tadqiqotlar import qilingan losos balig‘ini bo‘lishga mo‘ljallangan taxtada koronavirus borligini ko‘rsatgan. Vaziyat nazorat ostidan chiqib ketmasligi uchun bozor vaqtincha yopib qo‘yilgan.

“ ‘Sinfadi’ bozorida virus aniqlangani munosabati bilan Pekinda epidemiya tarqalishi xavfi yuqori”, — dedi Pekin hukumati matbuot xizmati rahbari matbuot anjumanida.

“Sinfadi” bozori joylashgan Fentay tumanida harbiy holat rejimi joriy etildi.

Hozirda nafaqta bozor, balki unga yaqin hududda joylashgan do‘kon, restoran va mehmonxonalar ham nazorat ostiga olingan. Shuningdek, bozor atrofida joylashgan 11 ta turar joy majmualari aholisi ham nazorat ostida.

Shahar ma’muriyati “Sinfadi” bozori ishchilari, yaqin atrofda yashovchilar hamda 30-maydan beri bozorga kelgan fuqarolarni koronavirus borligiga tekshirmoqda.

14-iyun kuni Pekinda 76 mingdan ko‘proq test o‘tkazilgan. Bir necha o‘nlab fuqarolarda koronavirus aniqlangan.

Foto: AFP

Mavzuga doir: Dunyo aholisining pandemiya sharoitida yangi hayot tarziga ko‘nikayotganini aks ettiruvchi suratlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют