» » Pekinda aniqlangan koronavirus Uxandagisidan xavfliroq bo‘lishi mumkin

Pekinda aniqlangan koronavirus Uxandagisidan xavfliroq bo‘lishi mumkin


Pekindagi “Sinfadi” ulgurji bozorda aniqlangan koronavirus ilgari Uxanda aniqlangan virusdan ancha yuqumli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Uxan virusologiya universiteti tibbiy bo‘limi professori Yan Chjanszyuga tayanib Global Times xabar berdi.

Virusologning ta’kidlashicha, evolyutsiya davomida virus zaiflashishi ham, kuchayishi ham mumkin. Ulgurji bozorda virus aniqlanganidan keyin to‘rt kun davomida kasallik 79 kishida tasdiqlangan. Ilgari Uxanda bunday kasallanish soni virus aniqlanganidan bir necha hafta o‘tgachgina qayd etilgan.

Bundan tashqari, Uxanda epidemiya qishda boshlangan, hozir esa Pekinda virus tarqalishiga qarshilik ko‘rsatishi lozim bo‘lgan yozgi harorat hukm surmoqda.

Eslatib o‘tamiz Pekindagi “Sinfadi” ulgurji bozorida koronavirus 13-iyun qayd etilgandi. Bozor joylashgan Fentay tumani hamda unga qo‘shni Xebey provinsiyasining Baodin shahrida harbiy holat rejimi e’lon qilindi. Hududda maktab va bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, aholi esa o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga amal qilishi lozim.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют