» » PSJning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

PSJning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi


PSJ klubi yozgi transferlar vaqtida “Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni sotib olishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Bu haqida The Sun xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Rim klubi parijliklarning 60 million yevrolik taklifini rad etgan. Tomonlar yaxshilangan shartlar asosida kelishuvga erishishi mumkinligi aytilmoqda.

25 yoshli serbiyalik futbolchi uchun ayni damda “Real”, “Yuventus”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2019/20-yilgi mavsum Milinkovich-Savich “Latsio” safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 64 million yevroga baholamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют