» » O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor tayinlandi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor tayinlandi


O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga Kamoliddin O‘rinboyev nomzodi tasdiqlandi, deb xabar berdi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Kamoliddin O‘rinboyev 1985-yilda tug‘ilgan, 2007-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini, 2009-yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014-yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi orkestr sozandasi (g‘ijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan.

Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.

O‘rganish natijalari va bildirilgan fikrlarga ko‘ra, Kamoliddin O‘rinboyev o‘zbek va jahon klassik musiqa durdonalarini yaxshi biladigan, simfonik orkestrlar faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, bu yo‘nalishda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan malakali mutaxassis hisoblanadi.

Faoliyati mobaynida Italiya, Fransiya va Rossiya kabi davlatlarda o‘z sohasi bo‘yicha tajriba orttirgan.

Ayni paytda “O‘zbek milliy musiqa san’atini rivojlantirishda Farobiy asarlarining o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida.

“Kamoliddin O‘rinboyevning ushbu vazifani sidqidildan ado etishida katta ishonch bildirildi. Kreativ yondoshuvi orqali Konservatoriyada san’at sohasani yanada rivojlantirib va uni dunyoga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifa zimmaiga yuklatildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют