» » Ronaldu “Yuventus”ni tark etib, APLga qaytishi mumkin

Ronaldu “Yuventus”ni tark etib, APLga qaytishi mumkin


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer Ligasiga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Don Balon.

Manbada aytilishicha, Londonning “Chelsi” klubi portugaliyalik futbolchining xizmatlarga jiddiy qiziqish bildirgan va uning transferi uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyorligini bildirgan.

Ushbu transferga “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich va Ronalduning agenti Jorje Mendesh o‘rtasidagi iliq munosabatlar ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Krishtianu Ronaldu 2018-yildan beri Turin klubida to‘p surib keladi. U “Yuventus” tarkibida Italiya chempionati va mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan. Ronaldu “keksa sinyora” safida umumiy hisobda 76 uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Qayd etish joiz, portugaliyalik forvard uchun Angliya chempionati begona emas, u 2003—2009-yillarda “Manchester Yunayted”da harakat qilgan va uch marta Angliya chempionati, bir marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют