» » Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 16-iyundagi qaroriga ko‘ra, Ilhom Matkarimov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlangan.

Ilhom Matkarimov mehnat faoliyati davomida soliq tizimida va Beruniy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2018—2020-yillarda Mo‘ynoq tumanida prokuror, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh tumanining avvalgi hokimi Farhod Allambergenov 8-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют