» » O‘zbekistonda ichki aviareyslar soni ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda ichki aviareyslar soni ko‘paytiriladi


Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshiriladigan reyslar sonini ko‘paytiradi hamda poytaxtdan Buxoro shahriga qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniyaga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy haftadan boshlab Toshkentdan Urganch va Nukusga ikkitadan yangi reys yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Toshkent va Buxoro o‘rtasidagi reys qayta tiklanadi.

Qo‘shimcha reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Toshkent—Nukus—Toshkent (payshanba, yakshanba)

Toshkent—Urganch—Toshkent (chorshanba, shanba)

Toshkent—Buxoro—Toshkent (dushanba, juma)

Chiptalarni kompaniya saytida, Toshkent shahridagi markaziy aviakassada va ko‘rsatib o‘tilgan shaharlardagi aeroportlarda xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18-maydan boshlab Toshkentdan Urganch, Nukus va Termiz shaharlariga haftasiga ikkitadan reys qayta yo‘lga qo‘yilgandi. Shuningdek, 15-iyundan boshlab O‘zbekiston xalqaro aviqatnovlarni qayta tikladi.

Mavzuga doir: Toshkentdan viloyatlarga avtobuslar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют