» » “Real” Serxio Ramosga o‘rinbosar topib qo‘ydi

“Real” Serxio Ramosga o‘rinbosar topib qo‘ydi


Madridning “Real” klubi “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

“Qirollik klubi” 20 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Serxio Ramosning o‘rinbosari sifatida qaramoqda, deya xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi ushbu yozda de Ligtni sotib olishga harakat qilmaydi, biroq yaqin kelajakda buning uchun 100 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “Barselona” ham de Ligtni sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, de Ligt ushbu mavsumda Italiya A Seriyasida 20 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

20 yoshli futbolchi 2019-yil yozida “Ayaks”dan 75 million yevro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют