» » Shavkat Mirziyoyev: Agar vaziyat shunday davom etsa, ko‘p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz (video)

Shavkat Mirziyoyev: Agar vaziyat shunday davom etsa, ko‘p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz (video)


O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat shu tariqa murakkablashib borsa, ba’zi viloyat va shaharlar qayta yopilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum qildi.

Davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, oxirgi paytda mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o‘rtasida ham ko‘plab ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.

Jumladan, Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada kasallangan 551 nafar fuqarodan 482 nafari aynan aholi orasidan aniqlangan. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lum qolmoqda.

Prezidentning ta’kidlashicha, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida vaziyat murakkab bo‘lib turibdi.

Toshkent viloyatida 734 holatdan 79 tasi, Navoiy viloyatida 108 ta holatdan 83 tasi, Qashqadaryo viloyatida 51 ta holatdan 48 tasida virus aholi orasida aniqlangan. Shundan Navoiyda 25 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Qashqadaryoda 3 ta holatda virus manbasi hamon noma’lum bo‘lib turibdi.

Prezident bularning barchasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olayotganini ko‘rsatib turganini ta’kidladi va pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanayotganini aytdi.

“Agar vaziyat shunday davom etsa, viloyatlar va ko‘p shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari aholi xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiyotni qanday tiklash, odamlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar berishi kerak.

“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu bosqichda karantin qoidalariga qat’iy amal qilishimiz shart. Har bir ishimizni ehtiyotkorlik bilan, oqibatini puxta o‘ylab, nafaqat o‘zimiz, balki oilamiz va farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatni chuqur his etib bajarishimiz kerak. Aks holda, barcha sa’y-harakatlarimiz yo‘qqa chiqishi hech gap emas. Ishonchim komil, ancha bilim va tajriba orttirgan, bag‘rikeng va matonatli xalqimiz bu bosqichdan ham, albatta, munosib o‘tadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Respublika maxsus komissiyasiga pandemiya vaqtida ijtimoiy tijorat infratuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda karantin qoidalarini ta’minlamagan hududlar, korxona va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan javobgarlikni oshirish choralarini ko‘rish va taklif berish bo‘yicha topshiriq berdi. “Kerak bo‘lsa, rahbarlarni ham ishdan olishga majbur bo‘lamiz, chunki bu odamlarning xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq”, — dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni 15-iyun kuni 29 tani, 14-iyun kuni 27 tani, 13-iyun kuni 5 tani, 12-iyun kuni 26 tani tashkil qildi. O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon kasallik aniqlanishi bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich 7-iyun kuni qayd etildi, shu kuni 237 kishida kasallik aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют