» » Janubiy Koreya hukumati KXDRdagi Koreyalararo aloqa ofisining portlashi aks etgan videoni e’lon qildi

Janubiy Koreya hukumati KXDRdagi Koreyalararo aloqa ofisining portlashi aks etgan videoni e’lon qildi


Janubiy Koreya harbiylari KXDRning Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisining portlatilishi bilan bog‘liq videoni e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

Nashr binoning portlatilishi haqidagi videoda Janubiy Koreyaning “Renxap” agentligi va mamlakat Mudofaa vazirligi axborotiga tayangan.

KXDR hukumati Koreyalararo aloqa ofisining buzib tashlanishi Shimoliy Koreyaning xohishi bilan amalga oshganini tasdiqlagan.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi ham ofis butkul yakson etilgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan va bu Janubiy Koreya bilan aloqalarning butkul uzilganini anglatishini qayd etgan.

Janubiy Koreya birlashuv masalalari bo‘yicha vaziri Kim Yon Chxol KXDR hukumatining Kesondagi portlatish haqida oldindan qisman ogohlantirganini bildirgan.

O‘tgan haftada Shimoliy Koreya hukumati Seul bilan barcha aloqalarni butunlay uzishini e’lon qilgan. Ushbu qarorga Janubiy Koreya hududidagi faollarning Shimoliy Koreya hududiga targ‘ibot varaqalarini uloqtirgani sabab bo‘lgan. Ikki Koreya birlashgan ishlari bo‘yicha vazirligi ham aloqani o‘rnata olmagan. Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют