» » Buxoroda karantinda qimorxona tashkil qilgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda karantinda qimorxona tashkil qilgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani koronavirus xavfi sabab “qizil” hududga kiritilgan bo‘lishiga qaramasdan, uyida qimorxona tashkil qilgan fuqarolar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, karantin davrida G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor profilaktika tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning “Degrezon” mahallasida yashovchi, 28 yoshli fuqaro R.M. o‘z hovlisida bir nechta fuqarolarni yig‘ib, tavakkalchilikka asoslangan qimor (karta) o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan.

Bu ham yetmagandek, fuqaro qishloqdoshlariga mehmonxonasidan joy ham ajratib, qimor o‘yini uchun shart-sharoit yaratib bergan.

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют