» » Qirg‘izistonda prokurorlar Atambayevga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni taklif etdi

Qirg‘izistonda prokurorlar Atambayevga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni taklif etdi


Prokurorlar Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini so‘radi. Bu haqda Pervomaysk tumani sudi devonxonasiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, sudda “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayevning qonunga xilof ravishda tovon puli evaziga qo‘yib yuborilishida sobiq prezidentning o‘rni borligi yuzasidan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

“Prokurorlar suddan Atambayevni 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni taklif etdi”, — degan devonxona xodimi.

Batukayev o‘ta og‘ir xastalikka chalingani sabab 2013-yilda axloq tuzatish koloniyasidan muddatidan avval ozod qilingan va qamoqdan chiqqach mamlakatni tark etgan. Biroq keyinchalik tashxisning xato ekani ma’lum bo‘ldi. Atambayevdan tashqari yana bir necha kishi jinoiy ishga sheriklikda ayblanmoqda, ular orasida yuqori lavozimlarda o‘tirgan boshqa amaldorlar ham bor.

Qirg‘izistonni 2011—2017-yillar davomida boshqargan Atambayev 2019-yil 8-avgustda Chuy viloyatining Qo‘y-Tosh qishlog‘ida bir sutka davom etgan maxsus operatsiyadan keyin hibsga olingan. Sobiq davlat rahbarining tarafdorlari harbiylarga qarshilik ko‘rsatgan va oqibatda bir nafar maxsus qo‘shin askari halok bo‘lgan. Ikki tomonning to‘qnashuvidan keyin yuzlab odamlar, jumladan, militsiya xodimlari jarohat olganini aytib, kasalxonalarga murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti huquq-tartibot idoralari xodimlariga zo‘ravonlik qilganlikda, ommaviy tartibsizlikka boshchilik qilganlikda, qotillikni tashkillashtirganlikda, odamlarni garovga olganlikda, Batukayevni ozod qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda, Bishkekdagi binolar bilan bog‘liq holatlarda korrupsiya, Qo‘y-Toshda yer uchastkasi va Issiqko‘l viloyatidagi kurort hududni noqonuniy ravishda olganlikda ayblanayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Atambayev birinchisi emas. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan MDH mamlakatlarining sobiq prezidentlari

Atambayevga jinoiy ishning ochilishi respublikaning hozirgi rahbarlari tomonidan uyushtirilgan siyosiy hujum ekanligi taxmin qilingan. Batukayev ishi bo‘yicha sud qarori 22-iyunda e’lon qilinadi.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют