» » Buxoroda hamqishlog‘iga tegishli mototsiklni o‘g‘irlagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda hamqishlog‘iga tegishli mototsiklni o‘g‘irlagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyatida hamqishlog‘ining mototsiklini o‘g‘irlab, transport vositasini bo‘laklarga bo‘lib sotishni maqsad qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, 2020-yilning 9-iyun kuni soat 01:30 da Qorako‘l tumanidagi “Eski qal’a” MFY fuqarosi M.F. mast holda Xo‘jalar ko‘chasida yurganda, savdo do‘koni yonida turgan hamqishlog‘i B.O.ga tegishli qizil rangli mototsiklni ko‘rib qoladi. Ko‘chada hech kim yo‘qligidan foydalangan fuqaro transport vositasini sudrab olib qochgan va o‘zining yashash hovlisiga yashirib qo‘ygan.

Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari natijasida mototsikl fuqaro M.F. tomonidan o‘g‘irlangani aniqlangan.

“Fuqaro transport vositasini o‘g‘irlangani fosh bo‘lmasligi va undan moddiy daromad topish maqsadida mototsiklni ehtiyot qismlarga ajratgan. Va bo‘yoqlarini qirib, o‘chirib tashlagan”, — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov.

Holat yuzasidan M.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 2-qismi “g” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu modda bilan ayblangan fuqaroning aybi isbotlansa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют