» » AQShda 17 yildan keyin ilk bor federal darajadagi qatl hukmi belgilandi

AQShda 17 yildan keyin ilk bor federal darajadagi qatl hukmi belgilandi


AQSh federal hukumati 2003-yildan beri ilk bora yana o‘lim jazosini tayinlashni qayta boshlashi mumkin. To‘rt nafar mahkumga nisbatan iyul va avgust oylarida o‘lim jazosi ijro qilinadi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar qilgan.

To‘rttala mahkum ham bolalarni o‘ldirish jinoyatida aybdor deb topilgan, ikki nafar jinoyatchi voyaga yetmaganlarni qiynab, zo‘rlaganligi isbotlangan.

Uch nafar jinoyatchi 13—17-iyul kunlari, yana bir mahkum esa 28-avgustda qatl qilinadi.

AQSh bosh prokurori Uilyam Barrning aytishicha, jinoyatchilarga nisbatan mamlakat konstitutsiyasi hamda qonunlariga muvofiq to‘liq va adolatli sud tergovi amalga oshirilgan.

“Ushbu vahshiyona qotilliklar qurboni bo‘lganlar va ularning oilalari uchun ham sud tizimi vositasida jinoyatchilarga adolatli jazo berishimiz lozim”, — degan Barr.

O‘lim jazosi 2019-yilda amalga oshirilishi lozim edi, biroq hududdagi sudlarda qabul qilingan qaror tufayli ijro etilmagan, deyiladi AQSh adliya vazirligining bayonotida. Keyinchalik Kolumbiya okrugidagi AQSh apellyatsiya sudi hududiy sud qarorini bekor qilgan va federal hukumatlarning o‘lim jazosini qayta tiklashiga ruxsat berilgandi.

Mavzuga doir: Qotillikda ayblangan amerikalik qatl etilishidan bir necha soat oldin afv etildi

O‘lim jazosi AQShning ayrim shtatlarida hanuzgacha amalga oshirib kelinadi. Death Penalty Information Center ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatda 22 nafar mahkum qatl qilingan. O‘lim jazosi Alabama, Jorjiya, Tennessi, Florida, Missuri, Janubiy Dakota shtatlarida ijro etilgan. Deyarli barcha mahkumlar tanaga inyeksiya yuborish yo‘li bilan o‘ldirilgan.

Mavzuga doir: Eron qamoqxonalaridagi 18 yoshga to‘lgach qatl qilinishi mumkin bo‘lgan qizlar qismati haqida (fotomaqola)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют