» » Surxondaryoda yana 6 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 5561 kishiga yetdi

Surxondaryoda yana 6 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 5561 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 17-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 68 kishiga ko‘payib, 5561 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 62 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda qadar O‘zbekistonda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.

“Hozirda mamlakatimizda 1446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 16-iyundan boshlab Termiz shahriga kirib-chiqish vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda COVID-19 asoratlari oqibatida 19 nafar, iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Mavzuga doir: “Yashil” hududga aylangan Andijonda bolalar oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют