» » Inson boshqalarga o‘zidan ko‘ra yaxshiroq maslahat berishining sababi nimada?

Inson boshqalarga o‘zidan ko‘ra yaxshiroq maslahat berishining sababi nimada?


Yuz bergan muammoli vaziyatlarda inson boshqa bir kishiga maslahat berishni yaxshi ko‘radi, lekin o‘ziga kelganda nima qilishni bilmay boshi qotishi mumkin.

Fransuz psixoterapevti Avrora Le Moinning so‘zlariga ko‘ra, inson o‘zidan ko‘ra oila a’zolari, do‘stlari va hamkasblariga maslahat berish oson bo‘ladi. Buning sababi esa narsissizm bilan bog‘liq. Insonni birov eshitishi va uni fikrini inobatga olishi hamisha yoqimli, birovga maslahat berayotganda inson o‘zini har doimgidan ham ruhan kuchliroq his etadi. Inson o‘ziga yordam kerakligini tan olmagani sabab ham o‘ziga o‘zi boshqalarga bergani singari dono tavsiya berolmaydi.

Ammo Moinning fikricha, inson ehtiyoj va yordam kerakligini qabul qilishi, o‘zining zaifligini tan olishni ham bilishi kerak.

Bizning asab tizim shunday tuzilganki, biz hammaga obyektiv baho, tavsiya bera olishimiz mumkin, lekin o‘zimizga emas. Aslida boshqalar bilan maslahatlashganda ularning fikri bizni biroz qo‘rqitadi, biz hamisha ham haqiqatni eshitish va uni tan olishga tayyor bo‘lmaymiz. Biz boshqalarga tegishli bo‘lgan muammolarni tahlil qila olishimiz, baho, hatto yechim bera olishimiz mumkin, lekin gap biz haqimizda ketganda unday bo‘lmaydi.

Atrofdagilarga maslahat berish yaxshi, lekin har doim ham xolis yoki obyektiv bo‘lishning iloji yo‘q. Chunki siz o‘zingiz va tajribangizdan kelib chiqib tavsiya berasiz, bu esa kimgadir mos tushadi, kimgadir esa yo‘q.

Shuni inobatga olgan holda har kimga ham maslahat berish yoki maslahat olish tavsiya qilinmaydi. Shuning uchun fikringizni bildiring, lekin hal qilishni, qay yo‘lni tanlashni o‘sha insonning o‘ziga qoldiring.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют