» » Golden House Assalom Maxtumquli turar joy majmuasidagi xonadonlar sotuvining yakuniy bosqichini e’lon qiladi

Golden House Assalom Maxtumquli turar joy majmuasidagi xonadonlar sotuvining yakuniy bosqichini e’lon qiladi


Assalom Maxtumquli — bu komfort toifadagi turar joy majmuasi bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichning yaqinida joylashgan zamonaviy shahar mavzesidir.

Yaxshi joylashuv va transport magistrallari borligi tufayli siz ushbu majmuadan shaharning istalgan nuqtasiga nihoyatda tez va qulay yetib olishingiz mumkin.

Assalom Maxtumquli turar joy majmuasining qurilishida eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda faqat sifatli qurilish materiallaridan foydalaniladi. Buning yorqin misoli tariqasida yangi yig‘ma-monolit konstruksiyasi tizimini aytib o‘tish mumkin. Ushbu tizimda fasad paneli ichida energiya tejovchi va shovqin o‘tkazmaydigan isitish qoplamasi ko‘zda tutilgan. Bunday konstruksiyaning seysmik mustahkamligi amplitudasi 9 balldan yuqori bo‘lgan zilzilaga mo‘ljallangan.

Bunday zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi Golden House turar joy majmualarini yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylik bilan ta’minlaydi, shu bois siz ularda hotirjam va baxtli hayot kechirishingiz mumkin.

Hozirda bo‘sh xonadonlar tobora kamayib borayotgani sababli majmuaning ikkinchi uyida sotuvlarning yakuniy bosqichi e’lon qilingan. Sotuvning yakuniy bosqichida turli planirovka va maydonga ega xonadonlar mavjud: eng ixcham xonadonlardan tortib to‘rt xonali keng xonadonlargacha, shuningdek biznesingiz uchun noturar tijoriy maydonlar ham taklif qilinadi.

Xonadonlar “kalitgacha” to‘liq ta’mirlangan holda taqdim etiladi. Siz ta’mir ishlarini bajarishingizga va qurilish do‘konlariga safarlar qilib vaqtingizni sarflashingizga hojat bo‘lmaydi. Xonadonlar xonalararo eshiklardan boshlab santexnika uskunalarigacha barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan – bu darhol ko‘chib kelmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib taklif.

Shuningdek xonadon xarid qilganingizda, sizni bepul zamonaviy oshxona garnituri kutmoqda, muayyan turdagi xonadonlar uchun esa chegirmalar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, bu yili farzandingiz uchun yozgi bayram yana-da yorqin bo‘lishi mumkin, negaki xonadon xarid qilganingizda, bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oy oxirigacha Golden House kompaniyasi Erkatoy do‘konida yoqimli xaridlar qilishingiz uchun vaucher taqdim etamiz! Sovg‘a vaucheri sizga Erkatoy bolalar do‘konlari tarmog‘ida roppa-rosa 2.000.000 so‘mlik xaridlar qilish imkonini beradi.

Assalom Maxtumquli TJM — bu transportdan foydalanishning ajoyib imkoniyati, qulay va sifatli uylar, yaxshi tashqi infratuzilma, xavfsizlik va shinamlik yig‘indisidir.

Batafsil +998 78 147 55 88 telefon raqami orqali yoki assalom.gh.uz (https://assalom.gh.uz/uz/?utm_source=Kun_article_maxtumquli_finalS&utm_medium=cpc#maxtumquli) sayti orqali olishingiz mumkin.

Assalom Maxtumquli savdo ofisi manzili: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.

Mo‘ljal: Makro supermarketi

Veb-sayt: assalom.gh.uz

Telegram-kanal: t.me/assalom_gh

Facebook: fb.com/assalom.gh

Instagram: @assalom.gh



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют