» » Toshkent derbisi. Marat Bikmayev 2 ta gol urgan o‘yinda “paxtakorchilar”ga 2 ta qizil ko‘rsatildi

Toshkent derbisi. Marat Bikmayev 2 ta gol urgan o‘yinda “paxtakorchilar”ga 2 ta qizil ko‘rsatildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 7-turida Toshkentning “Paxtakor” klubi mag‘lub bo‘ldi. Mazkur tur poytaxtning boshqa bir klubi “Bunyodkor”ning o‘z maydonida 2 ochko yo‘qotishi bilan boshlagandi.

“Paxtakor” o‘z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Lokomotiv”ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bellashuvni boshqarib borgan Baxtiyor Namozov har ikki klub darvozasi tomon penalti tayin qildi. Stanislav Andreyev uni golga aylantira olmagan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar” safidan Marat Bikmayev mo‘ljalda adashmadi. Keyinroq Bikmayev dublini rasmiylashtirib, “Loko”ga g‘alaba keltirgan golga ham mualliflik qildi.

Bosh hakam ikkinchi bo‘limda mezbonlarning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi. Avvaliga Kamoliddin Tojiyev ikkinchi sariq kartochkani olgan bo‘lsa, bellashuv yakunida Aleksandr Lobanov terma jamoadagi hamkasbi Ignatiy Nesterovga halal bergani uchun yechinish xonasiga ravona bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba “Lokomotiv”ni turnir jadvalida 15 ochko bilan peshqadamga aylantirdi. Mirko Yelichich jamoasi bir tur avval ham markaziy o‘yinda maydonga tushib, Qarshining “Nasaf” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

“Paxtakor” esa 7 ta o‘yinning 5 tasida ochko yo‘qotdi. Jamoaga yangi tayinlangan murabbiy Ravshan Haydarovga so‘nggi ikki turda maksimal ochko olish vazifasi yuklatilgandi. Uning jamoasi avvaliga “Sho‘rtan”dan, keyin esa “Lokomotiv”dan yengildi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
7-tur o‘yini
21-aprel, juma

Gollar: Marat Bikmayev, 26-pen (0:1). Adnan Oraxovats, 34 (1:1). Marat Bikmayev, 79 (1:2).
Chetlatishlar: Kamoliddin Tojiyev, 85 (P). Aleksandr Lobanov, 90+2 (P).

Опубликовано: admin (21-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют