» » Robert Levandovski Bundesligada Obameyangning rekordini takrorladi

Robert Levandovski Bundesligada Obameyangning rekordini takrorladi


Germaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Bavariya” safarda “Verder”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa tugashiga ikki tur qolganida muddatdan avval chempionlik masalasini hal qildi.

Ushbu uchrashuvda myunxenliklarning yagona goliga Robert Levandovski mualliflik qildi. Polshalik hujumchi uchun bu Bundesliganing joriy mavsumidagi 31-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Levandovski Germaniya chempionatida harakat qiladigan legionerlarning gol urish borasidagi rekordini takrorladi. Avval bunday natijani Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang (2016/2017-yilgi mavsum natijasi) qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, Robert Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” safida to‘p surib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют