» » JSST rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni “ilmiy yutuq” deb atadi

JSST rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni “ilmiy yutuq” deb atadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Buyuk Britaniyaning koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarni deksametazondan foydalanib davolash borasidagi tadqiqotini “ilmiy yutuq” deb atadi.

“Bu sun’iy nafas oldirish apparatiga ulash va kislorod yordami talab etilgan COVID-19’ga chalingan bemorlarning o‘limi darajasi kamayganini ko‘rsatgan birinchi preparatdir”, — deydi tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, deksametazonning qo‘llanilishi sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan bemorlar o‘lim darajasini uchdan bir qismga, kislorod niqobida bo‘lgan bemorlarda esa bu ko‘rsatkichning 20 foizga kamaytirishga yordam berganini ko‘rsatgan.

“Buyuk Britaniya hukumati, Oksford universiteti, kasalxonalar va hayotni saqlab qoluvchi ushbu ilmiy yutuqqa hissa qo‘shgan bemorlarni tabriklayman”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Deksametazon bu — o‘tgan asrning 60-yillaridan beri yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalanib kelinadigan steroid. U onkologiyada ham qo‘llaniladi. Tashkilotning qayd etishicha, ushbu dori vositasining ijobiy ta’siri faqat kasallikning og‘ir bosqichida bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan.

Hozircha Oksford universiteti tadqiqotchilari preparatning dastlabki natijalarini oshkor etdi. Yaqin kunlarda JSST COVID-19’ni davolash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini yangilash uchun to‘liq hisobotni kutmoqda.

Bundan avval AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topilgani xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 milliondan oshdi. Hozirga qadar dunyo bo‘ylab koronavirusga chalingan bemorlarning 3,8 milliondan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan, COVID-19 qurbonlari soni salkam 437 ming kishiga yetgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni mamlakatning Birinchi jahon urushidagi qurbonlari sonidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют