» » 17 yoshli Ansu Fati yana bir natijasi sabab La Liga tarixidan joy oldi

17 yoshli Ansu Fati yana bir natijasi sabab La Liga tarixidan joy oldi


“Barselona” hujumchisi Ansu Fati La Liganing 29-turi doirasida “Leganes”ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Hujumchi bellashuvning 42-daqiqasida hisobni ochdi, uchrashuv esa 2:0 hisobida katalon klubi foydasiga yakunlandi.

Fati uchun bu Ispaniya chempionatidagi beshinchi gol bo‘ldi. Shu tariqa Ansu 17 yosh-u 229 kunligida 5 ta to‘p kiritgan La Liganing XXI asrdagi ikkinchi eng yosh o‘yinchisiga aylandi. Birinchi o‘rin “Barselona” sobiq hujumchisi Boyan Krkichga tegishli, u 17 yosh-u 201 kunligida Ispaniya chempionatida beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi, deya xabar bermoqda Opta.

Ma’lumot o‘rnida Fati 2012-yilda “Sevilya”dan “Barselona” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda u La Liga bahslarida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют