» » Sardoba va Mirzaobodda qurilayotgan 6 ta ko‘p qavatli uy uchun hozirgacha qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi

Sardoba va Mirzaobodda qurilayotgan 6 ta ko‘p qavatli uy uchun hozirgacha qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi


Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan hududlardagi ta’mirlash ishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining har biriga 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Jalol Arashov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 52,5 gektar yer maydonida 2640 xonadonli 66 ta ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish ishlari boshlandi.

Sirdaryo viloyat hokimligi, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi va pudratchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 200 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Shundan Sardoba tumani uchun 112,1 milliard so‘m, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasi uchun 60,6 milliard so‘m, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasi uchun 27,3 milliard so‘m ajratildi.

Mavzuga doir: Sardoba toshqini oqibatlari va ularni bartaraf etishga davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash va ularning tutash hududlarini obodonlashtirish ishlari uchun jami 19,128 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Jumladan, uylarni ta’mirlash uchun 12,094 milliard so‘m va obodonlashtirish ishlariga 7,034 milliard so‘m sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.

Mavzuga doir: Sardoba suv toshqini sabab yopilib qolgan Toshkent—Samarqand yo‘li avtomobillar uchun ochildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют