» » O‘zbekistonda nima sababdan to‘yxonalarni ochishga ruxsat berilmayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda nima sababdan to‘yxonalarni ochishga ruxsat berilmayotgani ma’lum qilindi


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 17-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda nima sababdan mamlakatda umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatini qayta boshlashga ruxsat berilgani, to‘yxonalarga esa ruxsat yo‘qligiga izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, to‘ylarni ixcham holda va faqat yaqin qarindoshlari davrasida, uy hovlisida, 30 kishidan oshmagan holda o‘tkazish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, to‘yxonalarda fuqarolarning bir vaqtda yig‘ilishi kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi.

Restoranlar va oshxonalarga faqatgina qat’iy sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda, tegishli talablarni bajarish sharti bilan ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarga oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. 15-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatiga ham ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют