» » Rasman: UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumi qay tartibda davom ettirilishini e’lon qildi

Rasman: UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumi qay tartibda davom ettirilishini e’lon qildi


UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasi musobaqasining 2019/20-yilgi mavsumi qay tartibda davom ettirilishini ma’lum qildi.

Yevropaning eng nufuzli musobaqasi 1/4 finaldan e’tiboran “sakkiz finalchi” tartibida o‘tkaziladi. Musobaqaning barcha o‘yinlarida 12-avgustdan 23-avgustga qadar Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tadi.

Ayni damda “Sakkiz finalchi” formatiga ko‘ra, bu bosqichga chiqqan to‘rt klub nomi ma’lum: PSJ, “Atletiko Madrid”, “Atalanta” va “Leypsig”.

Qolgan qatnashchilar esa “Napoli”—“Barselona” (1-o‘yin — 1:1), “Chelsi”—“Bavariya” (1-o‘yin — 0:3), “Lion”—“Yuventus” (1-o‘yin — 1:0) va “Real”—“Manchester Siti” (1-o‘yin — 1:2) o‘rtasidagi juftliklar ikkinchi bellashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Chempionlar Ligasi o‘yinlari mart oyi o‘rtalarida to‘xtatib qo‘yilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют