» » Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi

Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 11 nafar hamda Samarqand viloyatida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va 17-iyun kuni o‘z uylariga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 11 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 2017-yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 47 yoshda, kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2062 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi (erkak) ushbu viloyatdan. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 31 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 372 nafarga yetdi.

Bundan avval O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4096 nafarni tashkil etayotgandi. Endilikda ular soni 4131 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, 17-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni  5638 nafarga yetdi, bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют