» » Tojikistonda 100 kishi ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Tojikistonda 100 kishi ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi


Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash shtabining qarori bilan mamlakatda 20-iyundan boshlab to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, to‘y marosimlarini restoranlarda, kafelarda yoki uyda 100 kishi ishtirokida va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli Tojikistonda to‘ylarni o‘tkazish 30-martdan boshlab taqiqlangandi, biroq nikoh tuzishga taqiq qo‘yilmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5160 kishiga yetdi. Mamlakatda hozirga qadar 50 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3624 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarga oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni faqat uylarda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda nima sababdan to‘yxonalarni ochishga ruxsat berilmayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют