» » Lionel Messi “Barselona” bilan yangi shartlar asosida kelishuvni uzaytiradigan bo‘ldi

Lionel Messi “Barselona” bilan yangi shartlar asosida kelishuvni uzaytiradigan bo‘ldi


“Barselona” yaqin kunlar ichida hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib oladi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma 2023-yilga qadar mo‘ljallanadi, biroq unga “1+1” sxemasi ham kiritiladi. Ya’ni, 2022-yilda Messi klubdan ketish, ketmasligini o‘zi hal qiladi.

Argentinalik futbolchining katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Qayd etish joiz, Messining “Barselona” bilan barcha shartnomalarida uning har bir mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkinligi to‘g‘risida band bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Messi 2003-yildan beri “Barselona” safida to‘p surib keladi. Joriy mavsumda u La Liganing 24 uchrashuvida 21 ta gol urgan va 14 ta golga hammualliflik qilgan

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют