» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 550 ming nafardan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 550 ming nafardan oshdi


Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 7843 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 17-iyun kuni bergan ma’lumotlariga tayanib.

Bir kun avval bu ko‘rsatkich 8248 nafarni tashkil etgandi. Mamlakatda umumiy hisobda 553 301 kishi koronavirusga chalingan. 11-iyun kuni Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 500 ming kishidan, 12-iyun kuni esa 510 ming kishidan oshgani xabar berilgandi.

So‘nggi sutkada bemorlarning 194 nafari vafot etgan bo‘lib, mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 qurbonlarining jami soni 7478 kishiga yetdi.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 10 036 nafari tuzalgan bo‘lib, sog‘ayganlarning umumiy soni 304 342 kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 284,6 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 15,6 millionta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada antitanaga tahlil topshirganlarning 14 foizida koronavirusga immunitet aniqlangan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют