» » O‘zbekistonda liftlarni ta’mirlash va yangilash uchun mablag‘lar budjet hisobidan qoplanadi

O‘zbekistonda liftlarni ta’mirlash va yangilash uchun mablag‘lar budjet hisobidan qoplanadi


Vazirlar Mahkamasining “2021—2027-yillarda respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta'mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 376-son qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar qilgan.

Hujjat bilan 2021—2027-yillarda ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash dasturi tasdiqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga quyidagilar topshirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Moliya vazirligi bilan birgalikda tegishli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2020-yil 1-noyabrga qadar mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. 2021-yildan boshlab respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan dastur asosida lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash tadbirlari uchun talab qilinadigan mablag‘lar ajratiladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga rioya qilish ustidan nazorat amalga oshiradi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi liftlarning xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan holda o‘rnatilishini nazorat qiladi, shuningdek yangi liftlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Mavzuga doir: 2021–2027-yillarda O‘zbekiston bo‘ylab 3471 ta lift yangisiga almashtiriladi

2021—2027-yillarda jami 2 102 ta ko‘p kvartirali uylarda 84 ta liftni ta’mirlash, 3 478 ta liftni yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan. Mazkur qarir 2020-yildan 13-iyundan kuchga kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют