» » Olimlar AQShda COVID-19 sabab qayd etilgan o‘limlar soni oktabrga borib 200 mingtaga yetishini prognoz qildi

Olimlar AQShda COVID-19 sabab qayd etilgan o‘limlar soni oktabrga borib 200 mingtaga yetishini prognoz qildi


2020-yilning oktabr oyiga borib AQShda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan bemorlar soni 200 ming nafardan oshishi mumkin. Bu haqda Vashington universiteti qoshidagi o‘lchov va tahlil institutining prognozida ma’lum qilingan.

Tuzib chiqilgan modelga ko‘ra, 1-oktabrga borib AQShda koronavirus infeksiyasi oqibatida 201 ming 129 nafar kishi hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

16-iyun holatiga ko‘ra Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotlarga asosan AQShda 116,1 ming kishi kasallik tufayli vafot etgan. Mamlakatda kasallanish holatlarining umumiy soni 2,1 milliondan oshib ketgan.

Butun dunyoda pandemiya boshlanganidan beri 8 million nafardan ko‘proq odam koronavirusga chalingan. AQSh kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab turibdi, keyingi pog‘onalarda Braziliya (888,2 ming kishi) va Rossiya (536 ming kishi) qayd etilgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topildi

O‘tgan haftada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashayotganini ma’lum qilgandi. JSST rahbarining aytishicha, oxirgi dekadaning to‘qqiz kunida bir sutka davomida kasallanganlarning umumiy soni 100 mingdan kamaymagan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda 6 milliondan, 8-iyun kuni esa 7 milliondan oshib ketgani xabar qilingan.

7-iyunda COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют