» » Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi

Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi qaroriga ko‘ra, Abdulaziz Haydarov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Abdulazizov Haydarov avval Moliya vazirligining Davlat organlari, prokuratura va sud tizimi faoliyatini moliyaviy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Pensiya jamg‘armasi rahbari lavozimi 30-martda Bahrom Ashrafxonov ishdan ketib, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlanganidan beri vakant edi.  Ashrafxonov jamg‘arma direktori lavozimda 2019-yil sentabrdan 2020-yil mart oyiga qadar faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют