» » O‘zbekistonda “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” tashkil etildi

O‘zbekistonda “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” tashkil etildi


Jamoat birlashmasi shaklidagi “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” nodavlat-notijorat tashkiloti Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur assotsiatsiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

“Bizga jamoat birlashmasini tuzishda mazkur assotsiatsiya ‘O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish’ loyihasi doirasida amaliy ko‘mak berib kelgan ‘Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi’ga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, “O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ta’kidlanishicha, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi. Assotsiatsiya ma’muriyati birlashmaning hududiy bo‘linmalari ochilishida va ish olib borishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni murojaat qilishga chaqirishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют