» » Dunyo aholisining qariyb yarmi iflos havodan nafas oladi

Dunyo aholisining qariyb yarmi iflos havodan nafas oladi


Yer atmosferasining ifloslanish xaritasi tahlili sayyoradagi aholining deyarli yarmi tarkibi changning yuqori konsentratsiyasi va aerozollarga ega o‘ta iflos havodan nafas olishini ko‘rsatgan. Har yili atmosferaning ifloslanishi tufayli taxminan 7 million kishi vafot etadi. Bu haqda Climate and Atmospheric Science xabar tarqatgan.

Tahlillarga ko‘ra, havosi eng iflos qit’alar deb Afrika va Osiyo hududlari topilgan.

“Mazkur ikki qit’ada havoning ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoridan besh baravar ko‘p”, – deydi Britaniyaning Ekseter universiteti professori Gevin Sheddik.

JSSTning qayd etishicha, har yili taxminan 7 million kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi. Biroq bu eng aniq ma’lumot emas, real o‘limlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Gevin Sheddik va uning hamkasblari BMT mutaxassislari ishlan chiqqan chang va aerozollar tahlili modeli orqali Yer sayyorasidagi havoning ifloslanish darajasining real holatini o‘rgangan.

Hisob-kitoblar hozirda dunyoning deyarli yarim aholisi chang va aerozollar konsentratsiyasi JSST normasidan ancha past bo‘lgan iflos havodan nafas olishini ko‘rsatgan.

Havoning ifloslanish darajasi og‘ir bo‘lgan mamlakatlar sirasiga Shimoliy Afrika, Hindiston, Bangladesh, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari kirgan.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet”ning may oyidagi monitoringi bo‘yicha Olmaliq atmosfera havosi eng iflos shahar bo‘lib chiqdi

Yevropa, AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Avstraliya va Afrika janubidagi davlatlarda oxirgi 10 yillikda bu boradagi vaziyat ancha yaxshilangan. Ushbu mamlakatlar atmosfera chang va toksinlarga qarshi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi yaxshi samara bergan.

Mavzuga doir:

2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston havo ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holati bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallashi, qish oylarida, ayniqsa, noyabr va dekabr oylarida havo sifati “zaif qatlamlar uchun nosog‘lom” va “nosog‘lom” oralig‘ida bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют