» » Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi (video)

Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi (video)


DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bo‘sh yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun pora olgan Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hokim o‘rinbosari vazifasida ishlovchi shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga 10 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming dollarga sotishi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, undan 25 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, bundan biroz muqaddam ushbu mansabdor shaxsning jinoiy aloqasi bo‘lgan kimsa ham 1 gektar unumdor yer maydonini 100 ming dollarga sotayotganda ushlangan bo‘lgan.

Xabarda hokim o‘rinbosarining kimligi, qaysi tuman mansabdori haqida gap ketayotgani ochiqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют