» » UEFA Millatlar Ligasi guruh bosqichi va Yevro—2020 pley-off o‘yinlari sanalarini ma’lum qildi

UEFA Millatlar Ligasi guruh bosqichi va Yevro—2020 pley-off o‘yinlari sanalarini ma’lum qildi


UEFA ijroqo‘mi Yevro—2020 musobaqasining pley-off o‘yinlari va Millatlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumi sanalarini ma’lum qildi.

2020-yilning oktabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida terma jamoalar odatga ko‘ra ikkita emas, uchtadan uchrashuv o‘tkazadi.

Bu Yevropa chempionatiga yo‘llanma beruvchi pley-off o‘yinlarini 8-oktabr va 12-noyabrda o‘tkazib olish imkonini beradi.

Millatlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining guruh bosqichi o‘yinlari 2020-yilning 3-4-5 va 6-7-8-sentabr, 10-11 va 13—14-oktabr, 14-15 va 17—18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. To‘liq taqvim keyinroq e’lon qilinadi.

Yevropa terma jamoalari 7—8-oktabr va 11—12-noyabr kunlari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Yevro—2020 musobaqasi 2021-yilning yoziga qoldirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют