» » Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


10–20-aprel kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘iziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlardagi O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va topografik yer tuzish ishlari olib borildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha uchrashuv bayonoti imzolandi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tdi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют