» » Timo Verner Bundesligada 8 yildan beri hech bir germaniyalik futbolchi qayd etolmagan natijaga erishdi

Timo Verner Bundesligada 8 yildan beri hech bir germaniyalik futbolchi qayd etolmagan natijaga erishdi


“Leypsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatidan o‘rin olgan “Fortuna” qarshi o‘yinda (2:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa futbolchi sakkiz yil ichida Bundesliganing bir mavsumida 26 ta gol urgan birinchi germaniyalik futbolchi aylandi. So‘nggi marta bu natijani 2011/12-yilgi mavsumda “Bavariya” sobiq hujumchisi Mario Gomes qayd etgandi.

Qayd etish joiz, avvalroq 24 yoshli futbolchi Bundesliga 1998/99-yilgi mavsumidan buyon ilk bor bir mavsumda bitta jamoa darvozasiga ikki o‘yinda ham uchtadan gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgandi. U joriy mavsum “Mayns” darvozasiga ikkita o‘yinda 6 ta gol urdi.

Timo Verner Germaniya chempionatining joriy mavsumida 32 ta o‘yin maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 24 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют