» » O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida eng arzon go‘sht sotilmoqda?

O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida eng arzon go‘sht sotilmoqda?


Davlat statistika qo‘mitasi 16-iyun kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 750 so‘mdan 3000 so‘mgacha (kilogramm)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3000 so‘m).

Sabzi 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 6000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxumning minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etildi (6000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va” dehqon bozori, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5500 so‘mdan 7000 so‘mgacha (kilogramm)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va” dehqon bozori va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (7000 so‘m) kuzatildi.

Mavzuga doir: “Chorsu” buyum bozori va “Poytaxt” savdo majmuasi sotuvchisida koronavirus aniqlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Toshkentda 16-iyundan boshlab ko‘plab bozorlar, jumladan, “Abu Saxiy” buyum bozori (“Toshkent savdo markazi”) va Sergelidagi mashina bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” kompaniyasi) ishga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют