» » Tomoshabin aktyorlar almashtirilganini qabul qila olmagan filmlar

Tomoshabin aktyorlar almashtirilganini qabul qila olmagan filmlar


Muxlislar sevimli filmlaridagi o‘rganib qolgan qahramonini o‘zgartirilganini qabul qilishni yoqtirmaydi.

1. “Mo‘miyo” va “Mo‘miyo qaytadi”, filmida Reychel Vays ijrosidagi arxeolog-kutubxonachi qahramoni muxlislar qalbidan joy olgan. Lekin aktrisa senariydagi muammolar sabab “Mo‘miyo: Ajdar imperatorining qabri” kartinasida ishtirok etishdan bosh tortgan va uning o‘rniga Mariya Bella qabul qilingan. Yangi aktrisa Reychelchalik ishonarli rol ijro qilolmagan va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lolmagan.

2. “Garri Potter” filmida Xogvarts rahbari Albus Dambldor rolini jonlantirgan Richard Xarris, filmning ikkinchi qismi suratga olinganida keyin hayotdan ko‘z yumgani sabab uning o‘rnini Maykl Gembon egallagan. Tomoshabinlar esa yangi Albusni qabul qila olmagan. Aktyorning o‘zi esa qahramonni gavdalantirishdan avval, kitob bilan tanishib chiqmaganini tan olgan.

3.“Matritsa” filmida folbin Pifiya rolini ijro qilgan Gloriya Foster “Matritsa: Inqilob”da suratga tushishga ulgurmay, hayotdan ko‘z yumgan va uning o‘rniga Meri Eris qabul qilingan. Lekin u Gloriyachalik rolini qoyillatolmagan.

4. “Temir odam” filmining muvaffaqiyatli chiqishini hech kim kutmagan, hatto aktyorlar filmning faqat bir qismi uchungina shartnoma tuzgan. Filmdagi ikkinchi darajali qahramon. Podpolkovnik Jeyms Rouds rolini ijro qilgan Terrens Xovard, filmning ikkinchi qismi uchun katta miqdorda gonorar so‘ragani sabab studiya uning o‘rniga Don Chidlni olgan. Ammo muxlislar yangi aktyordan ko‘ngli to‘lmagan. Chidlning o‘zi boshida o‘zboshimchalik bilan ijro qilgani keyinchalik, roli o‘xshamaganidan keyin Xovarddan qisman andoza olganini tan olgan.

5. “Sumerki” filmidagi Viktoriya rolini ijro qilishdan avval, Rashel Lefevr o‘z ustida ishlagan, yovvoyi hayvonlar haqidagi film va roliklarni tomosha qilgan. Shu sabab ham ijrosi qoyilmaqom chiqqan. Lekin uchinchi faslda uning ish grafigida yetarli vaqt topilmagani sabab, keyingi qismlarda Brays Dallas Xovard rol ijro qilgan. Lekin muxlislar uning ijrosidan qoniqmagan.

6. “Qo‘zilar sukunati” filmida Jodi Foster ijro qilgan va aynan shu roli sabab Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan Klarisa Starling rolini keyingi qismlarda Julianna Mur jonlantirgan. Yangi aktrisa qancha urinmasin, Foster singari ijroni maromiga yetkazmagan.

7. “Muhtasham yuz yil” filmida Sulton Sulaymonning sevimli rafiqasi Xurram sultonni Maryam Uzerlisiz tasavvur qilib bo‘lmasdi. Lekin serialning so‘nggi qismlarida Maryam shaxsiy muammolari bilan filmni tark etadi va uning o‘rniga Vaxide Perchin taklif qilinadi. Uzerliga o‘rganib qolgan muxlislar esa yangi aktrisani qabul qila olmaydi va uni rolini sovuqqonlik bilan ijro qilgan deb hisoblaydi.

8. Eski qahramonni gavdalantirgani muxlislarga yoqmagan rollardan yana biri “Taxtlar o‘yini” filmidagi Daario Naxaris hisoblanadi. Boshida Ed Skreyn ijro qilgan qahramonni keyinchalik Mixil Xausman ijro qilgan. Yangi aktyor muxlislar mehrini qozonishiga ancha vaqt ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют