» » Sulavesi dengizida Carl Vinson aviatashuvchisining qiruvchisi halokatga uchradi

Sulavesi dengizida Carl Vinson aviatashuvchisining qiruvchisi halokatga uchradi


Janubi-Sharqiy Osiyodagi Sulavesi dengizida Carl Vinson aviatashuvchisining F/A-18E qiruvchi-bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda, AQSh harbiy-dengiz kuchlari 7-floti xabarnomasiga asoslanib, “Kommersant.ru” yozmoqda.

Voqea 2-paluba eskadrilyasi tarkibiga kiruvchi F/A-18E Carl Vinson’ga yaqinlashayotgan paytda ro‘y berdi. Uchuvchi katapultadan muvaffaqiyatli foydalanib, dengizga tushdi, uni aviatashuvchining qutqaruv vertolyoti dengizdan olib chiqdi. Uchuvchida jiddiy jarohatlar yo‘qligi aytilmoqda.

AQSh Koreya qirg‘oqlariga uch aviatashuvchi yo‘llagani ilgariroq ma’lum bo‘lgan edi. Carl Vinson boshqa bir guruh kemalar bilan birga 25-aprel kuni Koreya yarim oroli sohillariga yetib kelishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют