» » Vazirlar Mahkamasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi


Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569 hamda 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlariga asosan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari hamda shtat jadvali yangidan tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, Sherzod Obidov Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

Ta’kidlanishicha, 17-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.

Avvalroq hukumatning 28-maydagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatida bir qator rahbar xodimlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют