» » Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari 430 mln dollardan oshib ketdi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari 430 mln dollardan oshib ketdi


Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-iyun kuniga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘arma hisobiga jami 7,44 trillion so‘m kelib tushgan. Ulardan 7,32 trillion so‘mi xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari bo‘lsa, qolgan 123,5 milliard so‘mi davlat budjeti hisobidan.

Eng ko‘p mablag‘ mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan — jami 1,7 trillion so‘m. Ushbu mablag‘ning 500 milliard so‘mi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga, 401 milliard so‘m esa “O‘zbekneftgaz” AJga subsidiya sifatida, 250 milliard so‘m “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ssuda berilgan. Shu bilan birga, aviatsiya sohasiga jami 507 milliard so‘m sarflangan (406 milliard so‘m Uzbekistan Airways AJga va 101 milliard Uzbekistan Airports AJga ssuda berilgan). Qolgan 40 milliard so‘m esa “Birinchi Rezinotexnika zavodi” MChJning xarajatlarini amalga oshirish uchun safarbar etilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hisobiga 661 milliard so‘m o‘tkazilgan. Ushbu summadan 248 milliard so‘m test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun sarflangan. Hududiy markazlarga 366 milliard so‘m yo‘naltirilgan: 338 milliard so‘m fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena tovarlari va boshqa xarajatlarga; 19 milliard so‘m jamoat joylarini dezinfeksiya qilish ishlariga, 9 milliard so‘m epidemiologik holat bilan kurashish bo‘yicha tadbirlarga sarflangan.

Bundan tashqari, karantin tadbirlari va koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun to‘lovlarga 36 milliard so‘m sarflangan. 11 milliard so‘m maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yaratilgan.

Xarajatlar qatorida 573 milliard so‘m suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlariga yo‘naltirilgan. Bunda 246 milliard so‘m irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiyasi uchun, 61 milliard so‘m esa “Hududiy suv ta’minoti” MChJga ssuda tariqasida ajratilgan. Shuningdek, 57 milliard so‘m Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Inshoot” obyekti qurilishiga, 53 milliard so‘m Davlat ekologiya qo‘mitasiga ssuda sifatida, 99 milliard so‘m Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv chiqarish tizimlarini qurishga, 16 milliard so‘m 20 ming o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi suv ta’minoti uchun, 14 milliard so‘m Suv xo‘jaligi vazirligiga — Jizzax viloyatidagi irrigatsiya tadbirlari uchun, 10 milliard so‘m Orolni qutqarish jamg‘armasining irrigatsiya tadbirlariga, 9 milliard so‘m 2020-yilda melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlariga va qolgan 8 milliard so‘m 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar suv ta’minoti uchun ajratilgan.

Jami 553 milliard so‘m shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun sarflangan. Ushbu mablag‘ning 286 milliard so‘mi 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 182 milliard so‘m 20 ming o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun, 66 milliard so‘m Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida tashkil etiladigan maxsus shifoxonalar va vaqtinchalik karantinda saqlash majmualariga, shuningdek, 10 milliard so‘m diagnostika laboratoriyasi majmuasi rekonstruksiyasiga, 9 milliard so‘m tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun sarflangan.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ijtimoiy sohaga jami 929 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Bunda 60 milliard so‘m kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Kasaba uyushmalari federatsiyasiga; 100 milliard so‘m band bo‘lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg‘armasiga; 155 milliard so‘m ijtimoiy nafaqalarga; 310 milliard so‘m shaharlar va ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash ishlariga; 61 milliard so‘m Toshkent shahar mahalliy budjetiga ssuda sifatida; 50 milliard so‘m shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun ishsiz, kam ta’minlangan, oilalarga; 83 milliard so‘m umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiyalash, jihozlash ishlariga; 80 milliard so‘m Prezident maktablarini qurish va jihozlash ishlariga; 18 milliard so‘m “Toshkent metropoliteni” va “Toshshahartransxizmat” xodimlariga ish haqi to‘lash uchun, 9 milliard so‘m “O‘zavtotransservis” va “Toshshahartransxizmat” transport xarajatlarini qoplashga; 2 milliard so‘m “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ fuqarolarni manzillariga yetkazib qo‘yish xarajatlari, 1 milliard so‘mlik gumanitar yordamni olib kelishi bilan bog‘liq Mudofaa vazirligi xarajatlari uchun ajratilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют