» » Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100 nafarga yaqinlashdi

Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100 nafarga yaqinlashdi


Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 35 nafar bemor sog‘ayib, 18-iyun kuni o‘z uyiga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg‘ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.

Endilikda Toshkentda koronavirusdan tuzalganlar soni 2097 nafarga yetdi.

Ayni paytda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 18-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 5697 nafarga yetdi, bemorlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют