» » Bolalar uchun yesa bo‘ladigan qumni yaratgan ayol internetda mashhur bo‘lib ketdi (video)

Bolalar uchun yesa bo‘ladigan qumni yaratgan ayol internetda mashhur bo‘lib ketdi (video)


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bolalarga mo‘ljallangan, yeyiladigan qumni yaratdi va mashhur bo‘lib ketdi. @elleannachristine nikli ayol qumni tayyorlash jarayoni aks etgan videoni TikTok’dagi sahifasida e’lon qildi.

Videoda ayolning makkajo‘xori qalamchalarini blenderda maydalab, uni qum o‘rniga katta idishga solib qo‘yganini ko‘rish mumkin. Videoda uning qizi qumda zavqlanib o‘ynayotgan ham aks etgan.

Rolik 2,6 million marta tomosha qilingan, ko‘pchilik ayollar video muallifining topqirligiga qoyil qolgan.

Boshqa foydalanuvchilar ham yeyiladigan qum bolalarga manzur bo‘lganini yozib qoldirgan.

Ayrim ota-onalar esa ushbu qumning xavfli tomonini ham yozib qoldirgan. Bolalar haqiqiy qumni ham mazali deb o‘ylab yeb qo‘yishi mumkin, deya fikr bildirgan ota-onalar.

Mavzuga doir: Avstriyalik olimlar yesa bo‘ladigan robot yaratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют