» » Minilgan Dodge Challenger SRT Demon sotuvga qo‘yildi. Uning puliga ikkita yangi Challenger SRT Hellcat beradi

Minilgan Dodge Challenger SRT Demon sotuvga qo‘yildi. Uning puliga ikkita yangi Challenger SRT Hellcat beradi


AQShda 851 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan Dodge Challenger SRT Demon sotuvga qo‘yildi. 2018-yilda ishlab chiqarilgan mashinaga bir kishigina egalik qilgan bo‘lib, u 777 kilometr yo‘l bosgan. Minilgan mashina narxi 129 900 dollarga baholanmoqda. Taqqoslash uchun, ushbu pulga ikkita yangi Challenger SRT Hellcat sotib olish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Sotuvga qo‘yilgan nusxa qora rangga bo‘yalgan, yon tomonida Demon ramzi tushirilgan va qizil tormoz supportlari o‘rnatilgan. Salon qora charm va alkantaradan ishlangan bo‘lib, xavfsizlik kamari qizil rangda. Shuningdek, mashinada iqlim-nazorat va Harman/Kardon audiotizimidan tortib o‘rindiqlarni istish funksiyasigacha mavjud.

Challenger SRT Demon’ni 6,2 litrli HEMI V8 motori harakatga keltiradi. Modelga soatiga 60 mil (97 km/soat) tezlikka erishish uchun 2,3 soniya kerak bo‘ladi, chorak milni esa (403 metrni) soatiga 225 km/soat tezlikda 9,65 soniyada bosib o‘tadi.

Mavzuga doir: AQSh o‘rmonlarining birida yarim asrlik Dodge Charger “qabristoni” topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют