» » Noyob Cadillac modellaridan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi

Noyob Cadillac modellaridan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi


Kaliforniyada besh dona noyob Cadillac 155 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi. Kolleksiyadan 1954—1960-yillarda ishlab chiqarilgan modellar, shuningdek, 1976-yilgi afsonaviy Eldorado modeli o‘rin olgan. Mashinalarni alohida xarid qilish mumkin emas, deb xabar beradi Motor.

Kolleksiyadan oq va qora rangli kabriolet, ko‘k va olti oynali kumushrang 62-seriya sedanlari, shuningdek, qizil Eldorado kabrioleti o‘rin olgan. Mashinalar egasining so‘zlariga ko‘ra, barcha avtomobillar 70 mingdan 180 ming kilometrga qadar yo‘l bosgan. Tashqi ko‘rinishi yaxshi saqlanganiga qaramay, aksariyat modellar ta’mirtalab.

Masalan, oq kabrioletning yoqilg‘i nasosini yangilash, olti oynali sedanning esa tormoz tizimini to‘liq ta’mirlash kerak. Barcha kabrioletlarning tom qismini ham almashtirish kerak. Sotuvga qo‘yilgan nusxalar orasida eng yaxshi saqlanib qolgani — Eldorado.

Ikkita kabriolet va 62-seriyaga tegishli sedan 325 ot kuchiga ega 6,4 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan.

1954-yilda ishlab chiqarilgan ko‘k sedanga 230 ot kuchiga ega 6,0 litrli motor o‘rnatilgan. To‘q qizil rangdagi Eldorado’ni esa 210 ot kuchiga ega 8,2 litrli V8 harakatga keltiradi. Mashinalarga o‘rnatilgan barcha agregatlar avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Avvalroq AQShda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 34 yil ichida 500 km yurgan BMW E30 yangi 5-Series narxida sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют