» » O‘zbekiston va Rossiya sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi

O‘zbekiston va Rossiya sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi


O‘zbekiston va Rossiya hukumati har ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Hujjatda agrosanoat majmuasi, yengil sanoat, elektrotexnika, energetika, avtomobil, neft va gaz, yog‘ochni qayta ishlash va qishloq xo‘jaligida bir qator yangi loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Kelishuv 17-iyun kuni bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk hamraisligida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar, shuningdek, logistika sohasida hamkorlik masalalarni, har ikki mamlakat hududida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va tashish uchun qo‘shma yuk-ekspeditorlik kompaniyalari, logistika va ulgurji taqsimlash markazlarini yaratish istiqbollarini muhokama qildi.

“Bu transport xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, sifatni saqlab qolgan holda ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga tovarlarni tezda yetkazib berishni ta’minlaydi, bu esa O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmining sezilarli oshishiga olib keladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, kelishilgan loyihalar va tashabbuslarni joriy qilishni tezlashtirish va har oyda ularning amalga oshirish jarayonini o‘rganib borish hamda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarini investitsion sheriklikni kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish mexanizmlari haqida xabardor qilib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yangi savdo imtiyozlarini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют