» » Qashqadaryoda ikkita dehqon bozori karantin tartibiga rioya qilmagani uchun yopiladi

Qashqadaryoda ikkita dehqon bozori karantin tartibiga rioya qilmagani uchun yopiladi


Qashqadaryo viloyatning Muborak hamda Koson tumanidagi dehqon oziq-ovqat bozorlari karantin tartibiga amal qilmagani bois yopiladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi deya xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, 18-iyun kuni viloyat maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda so‘z olgan viloyat hokimi — komissiya raisi Zoir Mirzayev karantin davrida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga to‘xtalgan.

Xabar berilishicha, pandemiya e’lon qilinganidan buyon viloyatda jami 15 965 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 3 560 nafari epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lgan davlatlardan kelgan bo‘lsa, 250 nafari esa chet el fuqarosi hisoblanadi. Karantinga olinganlarning 14 237 nafari 14 kunlik tibbiy kuzatuv muddatini tamomlab, sog‘lig‘i qoniqarli deb topilgan.

Ayni kunda viloyatda 1 728 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 1403 nafari uy karantinida, 325 nafari esa statsionar sharoitda saqlanmoqda. Shundan 120 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

Viloyat hokimi yig‘ilishda Qarshi shahri, Mirishkor, Muborak, Koson, Shahrisabz, Chiroqchi, Kasbi, Nishon va Qamashi tumanidagi bozorlar faoliyatidan qoniqmaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 16-iyun kuni 230 kishida koronavirus aniqlangandi. O‘sha kuni Qashqadaryoda kasallikka chalinganlar deyarli uch barobarga ko‘paydi. Viloyatda bugungi kunda koronavirusga chalinganlar 167 nafarga yetgan bo‘lib, 6 nafari sog‘ayib chiqqan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 7 ta bozor karantin talablariga javob bermasligi sabab yopildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют