» » Toshkent shahar IIBB garajlardan birida “topilgan” 38 mln dollar borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Toshkent shahar IIBB garajlardan birida “topilgan” 38 mln dollar borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi


Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar buzilayotganligi bilan bog‘liq suratlar tarqalmoqda, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Garajlardan birining tagidan 38 million dollar topilganligi haqida mish-mishlar va fotosuratlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ana shu mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toshkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur pullar Ekvadordagi shaharlardan biridagi garaj ostidan topilgan bo‘lib, u hazil tariqasida O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют