» » Bekobodda FVV xodimi suvga cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi

Bekobodda FVV xodimi suvga cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi


Toshkent viloyati Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Xosyoz kanalida oqib ketayotgan bola FVB xodimi tomonidan qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-iyun kuni soat 11:10 larda “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Xosyoz kanalining qirg‘oqbo‘yi hududida profilaktika ishlarini olib borayotgan Bekobod shahar FVBga qarashli yong‘in-qutqaruv qism qutqaruvchisi serjant Jasur Umurzoqov kanalda oqib ketayotgan bolani ko‘rib qolgan va o‘zini suvga tashlagan.

Ta’kidlanishicha, serjant bolani suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va bolakayni ota-onasiga topshirgan. Voqea joyiga chaqirtirilgan tez-tibbiy yordam xizmati bolani shifoxonaga olib ketgan.

Xabarda bolakayning yoshi va u nima sababdan suvga tushib ketgani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Biroq hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi qayd etilgan.

Avvalroq Nukusda IIB xodimi mastligi sababli suvda cho‘kayotgan erkakni qutqarib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samarqandlik yigit suvga cho‘kayotgan 3 yashar bolakayni qutqarib qoldi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi ikki oyda 20 nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют